Turkiyadagi O‘zbekiston FVVning qutqaruv otryadi Toshkentga yetib keldi.
Turkiyada 18 kunlik muvaffaqiyatli qidiruv-qutqaruv ishlaridan so‘ng O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining otryadi o‘z vataniga qaytdi
6 fevral kuni Turkiyaning janubiy-sharqiy viloyatlarida dahshatli zilzila sabab o‘n minglab insonlar halok bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 100 kishidan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi tabiiy ofat o‘chog‘i, ya’ni Hatay viloyatiga jo‘natilgan edi.
O‘zbekiston FVV qidiruv-qutqaruv guruhi ishtirokidagi qutqaruv operatsiyasi 2 haftadan ko‘proq davom etdi va shu vaqt ichida ular tomonidan vayronalar ostidan 18 nafar tirik odam va 200 ga yaqin jasadlar olib chiqildi.
Bugun O‘zbekiston qidiruv-qutqaruv guruhi uyga qaytdi. Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari, Favqulodda vaziyatlar vaziri va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter