Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning qiziga «bunker» nega kerak bo‘lib qoldi?

Trampning qiziga «bunker» nega kerak bo‘lib qoldi?

Foto: «Urbanresource.com»

Britaniyaning «The Guardian» nashri sharhlovchisi Arva Maxdavi AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka turmush o‘rtog‘i Jared Kushner bilan birga Mayamidagi Indian-Krik oroli sohilidan yer sotib olishga nima undagan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Jurnalist er-xotinning bunday qarorini iqlim va qonunchilikning o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohladi.

Maxdavi Tramp va Kushnerning yeri Florida shtatida joylashganligiga e’tibor qaratdi. Bu hududda yer egalaridan biri vafot etgudek bo‘lsa yoki jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilsa, yer egalarini qisman soliq to‘lovlaridan ozod qiluvchi va ko‘chmas mulkni kreditorlardan himoya qiluvchi qonun amal qiladi. Sharhlovchining fikriga ko‘ra, prezident qizini bu shtatning o‘ziga xos qulay ob-havosi, shuningdek, dengiz va sohillari bilan ham jalb qilgan bo‘lishi mumkin.

Jurnalist «milliarder bunkeri» deb ham atash mumkin bo‘lgan orolni dunyodagi eng xavfsiz joylardan biri ekanligini yana bir dalil sifatida keltirgan — bir necha o‘nlab xususiy qarorgohlar joylashgan hududda kecha-kunduz politsiya navbatchilik qiladi, chegaralarni esa o‘zining dengiz patrullari qo‘riqlaydi.

Tramplar oilasining yangi ko‘chmas mulki 2020-yil dekabrida ma’lum bo‘ldi. Er-xotin ushbu hududni sotib olish uchun 31,8 million dollar sarflashdi. Ushbu xarajat 75 gektar maydon va 61 metr uzunlikdagi qirg‘oqni o‘z ichiga oladi.

Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin Trampning prezidentlikdan ketish arafasida turar joy sotib olishga qaror qilgan. Jurnalistlarning xabariga ko‘ra, bu yerdan tashqari Tramp va Kushner Nyu-Yorkdagi Park-avenyuda kvartira va Nyu-Jersi shtatidagi Bedminsterda kottejga egalik qilishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring