Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxfiy qurilish. «Meta» asoschisi Gavayida 100 million dollarlik bunker qurdirmoqda

Maxfiy qurilish. «Meta» asoschisi Gavayida 100 million dollarlik bunker qurdirmoqda

«Meta» asoschisi Mark Sukerberg Gavayida qurdirayotgan 100 million dollarlik majmuada yerosti bunkeri, 30 ta yotoqxona, 30 ta hammom,oziq-ovqat, energiya manbalari borligi aytilmoqda.

Zamonaviy tarixdagi eng qimmat shaxsiy qurilish loyihalaridan biri hisoblanuvchi «Koolau Ranch» nomi bilan tanilgan majmuaning bir qismi allaqachon qurilib bo‘lgan. Wired nashri loyiha qurilishi maxfiylashtirilgani haqida yozgan. Sukerbergqurilishda ishlayotgan barcha pudratchilar bilan qurilish jarayonining maxfiyligi to‘g‘risida shartnoma imzolashga majbur qilgan.

Majmua o‘ndan ortiq binolardan, jumladan, ikkita markaziy saroydan iborat bo‘ladi, ular besh ming kvadrat metrlik yerosti boshpanasiga olib boruvchi tunnel orqali tutashib, zinapoyadan ko‘tarilish mumkin bo‘lgan favqulodda chiqish lyukiga ega bo‘ladi.

Bu yerda kamida 30 ta yotoqxona va 30 ta hammom, shuningdek, mehmon uylari va arqonli ko‘priklar orqali bog‘langan 11 ta «disk shaklidagi» daraxt uylari bo‘ladi. Yerosti bunkerining yashash maydoni, mexanik xonasi va «portlashdan himoyalangan» beton va temir eshigi bo‘ladi.

Majmuadagi barcha binolarning chiqish va kirishi tugmachali qulfli va ovoz o‘tkazmaydigan eshiklar bilan jihozlanadi, kutubxonada esa qurilish hujjatlariga muvofiq maxfiy yoki shovqin o‘tkazmaydigan eshik bo‘ladi. Bir ishchining so‘zlariga kora, kameralar allaqachon «hamma joyda» va rejalarga ko‘ra, eng kichik binoning o‘zida 20 dan ortiq kameralar o‘rnatilgan.

Qurilish rejalariga ko‘ra, ishchilar majmuani to‘liq o‘zini-o‘zi ta’minlashiga umid qilmoqda. Diametri 55 fut va balandligi 18 fut bo‘lgan suv rezervuari nasos tizimi bilan birga 1400 gektar yerni fermalar va qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan maydonga joylashtiriladi. Bu esa Mark Sukerberg oxirzamonga tayyorlanayotganini anglatishi mumkin, deb yozmoqda xorijiy OAV. Ta’kidlanishicha, majmua atrofi olti futlik devor bilan o‘rab olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring