Tramp prezidentlikka saylansa birinchi nima qilishini aytdi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp agar u qaytadan mamlakat rahbari etib saylansa, birinchi bor nima ish qilishini aytdi.
Trampga ko‘ra, u 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliyga hujumda ishtirok etganlikda ayblanganlarni qamoqdan ozod qiladi. Tramp bo‘lajak prezident sifatidagi ilk qadamlarini Truth Social platformasidagi blogida ochib berdi.
«Yangi saylangan prezident sifatidagi birinchi harakatlarim chegaralarni yopish, neft qazib olishni rivojlantirish va 6-yanvar kuni nohaq qamoqqa olinganlarni ozod qilish bo‘ladi!» - deya yozgan AQShning sobiq prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 6-yanvarda Tramp tarafdorlari 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilish maqsadida Kapitoliy binosini egallab olishdi. Hujumga sobiq prezidentning binoga hujum qilishdan oldingi mitingda aytgan bayonotlari sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Avvalroq Tramp mamlakatlarning dollardan voz kechishiga qarshi kurashishini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter