Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampdan keskin qadam: Xitoy tovarlariga boj 145 foizgacha oshdi

Trampdan keskin qadam: Xitoy tovarlariga boj 145 foizgacha oshdi

Tramp Xitoy tovarlariga bojni 145 foizgacha ko‘tardi

Oq uyning tushuntirishiga ko‘ra, Tramp haqiqatda Xitoyga nisbatan tariflarni 145 foizga oshirdi, deb xabar beradi CNBC. 

O‘zining so‘nggi buyrug‘ida Tramp tariflarni 84 foizdan 125 foizga ko‘tardi, biroq prezident avvalroq fentanilga 20 foizlik boj joriy qilgan edi. Shunday qilib Xitoy tovarlariga bojlar jami 145 foizga yetdi. 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Trampning boj siyosati keskinlashib bormoqda. U Xitoy, YeI, so‘ngra dunyoning 180 davlatiga bojlar kiritdi. 

Avvalroq esa ayrim davlatlarga bojlarni 90 kunga to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring