Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Obamani davlatga xiyonat qilishda aybladi

Tramp Obamani davlatga xiyonat qilishda aybladi

Foto: «AP Photo»

AQSh prezidenti Donald Tramp 2016-yilda uning saylovoldi kampaniyasini kuzatishganini aytib, o‘zidan oldingi davlat rahbari Barak Obamani davlatga xiyonat qilishda aybladi.

«Bu davlatga qarshi xiyonat. Qo‘shtirnoq ichida aytganda, ular tinglashgandi, zamonaviy tilda quloq solish deyiladi... Ular kampaniyamga ayg‘oqchilik qilishgan, men buni ancha oldin aytgandim. Buni qarangki, haq bo‘lib chiqdim», — dedi Tramp «CBN News» telekanaliga bergan intervyusida.

Tramp avval ham AQSh maxsus xizmat xodimlari 2016-yilda uning saylovoldi kampaniyasini kuzatganini bir necha bor aytgandi. 2016-17-yillarda demokrat prezident Obama davrida FQB tomonidan Trampga qarshi tergov olib borilgan. U maxsus kodli «To‘fon dovuli» deb nomlangan. Tergovchilar prezidentlikka nomzodning saylovda qozonish uchun Rossiya hukumati bilan til biriktirganini aniqlashga urinishdi. Keyinchalik bu masalani mustaqil maxsus prokuror Robert Myuller o‘rgandi. U 2019-yil bahorda bunday kelishuv haqida hech qanday dalil yo‘q degan xulosaga keldi.

Rossiya va Tramp ayblovlarni qat’iyan rad etishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring