«Toshturma» buzib tashlanib, o‘rni zamonaviy xiyobon bo‘ladi
Xalq orasida «Toshturma» nomi bilan mashhur vaqtincha hibsda saqlash muassasasi buzib tashlanadi. Bu haqda Adliya vazirligining «Telegram»dagi «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Hukumatining 2018-yil 22-martdagi farmoyishiga asosan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Namangan ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan 1-sonli hibsxona joylashgan bino va inshootlar Toshkent shahar hokimligiga o‘tadi.
Toshkent shahar hokimligiga mazkur ob’yektni uch oy muddatda buzish va buzishdan bo‘shagan yer maydonini obodonlashtirish va unda barcha infratuzilma ob’yektlari mavjud bo‘lgan zamonaviy xiyobon (dam olish maskani) barpo etish vazifasi yuklandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur hibsxona yanvar oyida Zangiota tumaniga ko‘chirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter