Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda hibsxona boshlig‘i ushlandi

Jizzaxda hibsxona boshlig‘i ushlandi

Videodan kadr

Joylarda korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi, deyiladi DXX xabarida.

Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda, Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo‘limi Vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i hozirda ayblov e’lon qilinib, mazkur hibsxonada saqlanayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan sudya tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur mansabdor shaxs muqaddam o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, hibsxonada saqlanayotgan ushbu fuqaroning oila-a’zolari bilan uchrashishi hamda uyidan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlarining kiritilishi uchun ruxsat berish evaziga 400 AQSh dolari olganligi ham ma’lum bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring