Toshkentdagi qariyalar uyining devori qulab tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanida devor qulaganligi haqida ma’lumot tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.
Joriy yilning 14 mart kuni taxminan soat 00:45 larda Olmazor tumani, Guruch-ariq ko‘chasida joylashgan qariyalar uyining balandligi 3 metr, uzunligi 14 metr bo‘lgan devori, poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida qulab tushgan. Natijada, devor oldida turgan «Nexia-3» rusumli, davlat raqam belgisi 01 U 328 DB (1985 y.t., fuqaro S.A.ga tegishli) bo‘lgan avtomashinaga shikast yetgan. Jarohat olganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter