Toshkentdagi ko‘chaning bir tomoni bir haftaga yopildi
Joriy yilning 13-iyun kunidan boshlab Mirobod tumanidagi Haydar Aliyev ko‘chasining Ozarbayjon madaniyat markazi joylashgan manzilidan Sariko‘l ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘idagi yo‘lning bir tomoni ta’mirlash ishlari sabab bir haftaga yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur yo‘ldan harakatlanuvchi haydovchilarga ma’lum muddat aylanma yo‘llardan yurish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter