Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yo‘l bo‘yida ishlayotgan ishchi mast haydovchi qurboni bo‘ldi

Toshkentda yo‘l bo‘yida ishlayotgan ishchi mast haydovchi qurboni bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 30-avgust kuni soat 00:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida joylashgan «Yalpiz» kafesi qarshisida fojiali YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi 1989-yilda tug‘ilgan D.T. «Neksiya-3» rusumli avtomobil yoritish chiroqlarini o‘chirib, tezligini me’yoridan oshirib, mast holda boshqarib ketayotib, ko‘prikka tushish joyida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli to‘siq bilan to‘silgan temir panjarani urib o‘tib, harakati davomida piyoda, «Ko‘prik ta’mirlash» boshqarmasi ishchisini urib yuborgan.

Natijada piyoda, 1994-yilda tug‘ilgan A.N. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring