Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt hokimligi yangi aksiya sabab ogohlantirish e’lon qildi

Poytaxt hokimligi yangi aksiya sabab ogohlantirish e’lon qildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

22-sentyabr kuni poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Xalqaro avtomobilsiz kun» munosabati bilan «Velosiped kuni» aksiyasi uyushtiriladi.

Unda ishtirokchilar Maxtumquli ko‘chasidan «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha bo‘lgan 11, 5 km masofani velosipedda bosib o‘tadilar.

Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Maxtumquli ko‘chasi Botkin ko‘chasi bilan kesishmasidan «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha bo‘lgan oraliqda soat 07:00dan soat 09:00gacha yopiladi.

«Velo-aksiyada ishtirok etishni xohlovchilardan 22 sentyabr kuni soat 06:30 ga qadar Yashnobod tumanidagi Navro‘z xiyoboniga yig‘ilishlarini so‘raymiz.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilib, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring