Toshkentda Rossiyaning yana bir universiteti filiali tashkil etildi
Prezident qarori bilan Toshkent shahrida «D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishi malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlash hisoblanadi.
Filial oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda qabul 2019-2020-o‘quv yilidan boshlanadi.
Filialda 4 ta bakalavriat yo‘nalishi va 2 ta magistratura yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Davlat granti asosida ta’lim olgan Filial bitiruvchilari respublika tashkilotlariga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter