Toshkentda noma’lum haydovchi kichik yoshdagi bolani urib, qochib ketdi

Bugun, 12 aprel kuni, Toshkentda noma’lum haydovchi kichik yoshdagi bolani o‘z mashinasida urib ketib, voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqdagi video va audioxabarlar «Telegram» messenjeridagi kanallarda paydo bo‘lgan. Video hodisaga guvoh bo‘lgan foydalanuvchilar tomonidan tasvirga olingan.
Voqea joyidan yuborilgan audio yozuvlarda aytilishicha, mashinada urib yuborilgan bolakay vafot etgan. U tahminan 5 yoshlarda bo‘lib, yonida ota-onasi ham bo‘lmagan.
Hozircha ushbu YTHning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter