Toshkentda «Matiz» haydovchisi podpolkovnikni urib ketdi

Kecha, 14-fevral kuni soat 15:10 larda Toshkent shahar Yunusobod tumanida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Aniqlanishicha, 1989-yilda tug‘ilgan, vaqtinchalik ishsiz fuqaro Yu.D. «Matiz» avtomashinasida piyodani urib yuborgan. Jabrlanuvchi Mudofaa vazirligi xodimi bo‘lgan. Piyoda olgan tan jarohati tufayli harbiy gospitalga yotqizilgan.
Hozir mazkur ish yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter