Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «layksevar» o‘quvchilar mushtlashuv sahnalashtirdi

Toshkentda «layksevar» o‘quvchilar mushtlashuv sahnalashtirdi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Olmazor tumanidagi 134-maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi mushtlashuv aks etgan videolavhalar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea bir yarim oy oldin, aniqrog‘i, 2023 yil 15 mart kuni Toshkent shahridagi 134-maktabning stadionida sodir bo‘lgan. Maktabning 8-«B» sinf o‘quvchilaridan bir guruhi Amerika kinosiga taqlidan o‘zaro «mushtlashuv» uyushtirib tasvirga olishgan.

«Voqeadan xabardor bo‘lgan maktab ma’muriyati o‘quvchilar hamda ularning ota-onalarini yig‘ib, muloqot o‘tkazgan. O‘quvchilar bunday ahmoqona xatti-harakatlari uchun kechirim so‘rashgan va o‘sha kuniyoq o‘zaro kelishib ketishgan. Hozirda ularning o‘zaro munosabatlari do‘stona, darslarda muntazam qatnashib kelishmoqda», – deyiladi xabarda.

Mazkur videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas