Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boysundagi «M-25» koni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Boysundagi «M-25» koni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, 5-may kuni soat tonggi 6:10 da Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan «Mustaqillik-25» konidagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning katta bosim bilan otilishi va natijada fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatildi.

Energetika vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning tarqalishini oldini olish maqsadida gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborilgan.

«Ayni paytda barcha zarur tadbirlar xavfsizlik choralariga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda. Hodisa sodir bo‘lgan hudud tegishli xizmatlar tomonidan o‘rab qo‘yilgan va hozirgi vaqtda ushbu hudud FVV, «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi hamda Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda», – deyiladi vazirlik munosabatida.

Shuningdek, hodisa yaqin atrofdagi aholi punktlari uchun xavf tug‘dirmasligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 27-mart kuni mazkur quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning chiqishi qayd etilgandi. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quduq nazorat ostida yoqib qo‘yilgan. 22-aprel kuni quduq o‘qining g‘ovlanib tushgani va kolonna chiqib ketishi natijasida fontanlanish to‘xtagan, hodisa joyida gazning sust oqimi (grifon) kuzatilgan edi.

Ayni paytda avariyani bartaraf etish maqsadida hodisa joyida xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ham faoliyat olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring