Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boysundagi «olovli maydonlar»: vazirlik rasmiy bayonot bilan chiqdi

Boysundagi «olovli maydonlar»: vazirlik rasmiy bayonot bilan chiqdi

Videodan kadr.

Tarmoqda Boysundagi gaz konida olovli maydonlar hosil bo‘lgani tasvirlari tarqaldi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra,  «Mustaqillikning 25 yilligi» koni hududida kichik hajmda to‘plangan gazni xavfsiz yoqish ishlari olib borilmoqda. 

Vazirlikning ta’kidlab o‘tishicha, hududda hech qanday kutilmagan vaziyatlar kuzatilmagan.

Bugungi kunda 2024 yil sentyabr oyida metan emissiyasi sodir bo‘lgan quduq o‘rnida ob’yektni konservatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar olib borilmoqda va bu yerda doimiy monitoring yuritilyapti.

604-sonli quduqda tozalash ishlari olib borilayotganda quduqdan olis hududlarda yer yuzasiga yaqin joylashgan bo‘shliqlar va kollektorlardagi mikro yoriqlarda kichik hajmdagi gaz to‘plangan.

Ayni paytda hududda kichik hajmda to‘plangan gazni yoqish orqali zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad kislotali gazlarning atmosferaga chiqishini oldini olishdan iborat. 

Ushbu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda standart yondashuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘la javob beradi.

Rejalashtirilgan konservatsiya va profilaktika ishlari mazkur texnologik jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunmaydigan odamlar boshqacha talqin qilishi mumkin bo‘lgan bir qator operatsiyalardan iborat. Bunga holat bo‘yicha tarqalgan videolavha yaxshi misol bo‘la oladi, deya xulosa qilinadi Energetika vazirligi bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 sentyabr kuni Boysun tumani Ko‘lqamish mahallasida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» koniga qarashli 604-son quduqda burg‘ilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi sizib chiqishi kuzatilgan edi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, texnogen falokat qaytalanib, bir necha kishi halok bo‘ldi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring