Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 400 nafardan oshdi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Tuzalganlarning 2 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, 7 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Toshkent viloyatidan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 393 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 401 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1263 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter