Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda kasallanishlar soni keskin ko‘paydi

Toshkentda kasallanishlar soni keskin ko‘paydi

2020-yil 25-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 653 (+293) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 242 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 074 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 138 nafari og‘ir, 40 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring