Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ilk yer osti chiqindixonasi o‘rnatildi (foto)

Toshkentda ilk yer osti chiqindixonasi o‘rnatildi (foto)

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Toshkent shahrida chiqindilarni vaqtincha yer ostida saqlovchi maxsus qutilar o‘rnatiladi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi».

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Qayd qilinishicha, chiqindi qutisining ichida 1100 litr hajmga ega konteyner joylashgan. Agar qutilardan biri chiqindi bilan to‘lgan bo‘lsa-yu, unga axlat to‘la chelak ushlab olgan holda yaqinlashsangiz, to‘la qutining qizil chirog‘i yonib, yonidagi konteynerga o‘tishingiz haqida ogohlantirish beradi.

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

E’tiborlisi, ushbu chiqindi qutilari tizimi quyosh batareyalari yordamida ishlaydi. Shuningdek, ular joylashgan hududni tasvirga olishga mo‘ljallangan kuzatuv kameralari ham o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring