Toshkentda ijara narxi yil boshidan buyon 22,4 foizga oshdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2022-yil sentyabr oyida ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyatni tahlil qildi.
Unga ko‘ra, keskin o‘sishlardan so‘ng, sentyabr oyida ko‘chmas mulk bozoridagi sotuvlar biroz pasaydi. Bu asosan o‘quv yilining boshlanishi va chet el fuqarolari sonining sezilarli darajada ko‘payishi tufayli ijaraga beriladigan uy-joylarga talabning oshishi bilan bog‘liq.
Shuningdek, Toshkent shahrida 9 oy davomida uy-joy savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga va poytaxtda 1 kv.m uchun o‘rtacha ijara narxi yil boshidan buyon 22,4 foizga oshgan.
Ikkilamchi bozorda 1 kv.m uchun o‘rtacha uy-joy narxi esa yil boshidan beri 8,9 foizga oshdi.
Ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19 foizga (+3,7 ming) oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter