Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yarim yillikda Toshkentda 3 mingdan ortiq tadbirkorlik ob’yektlari ishga tushirildi – «O‘zmilliybank» AJ

O‘tgan yarim yillikda Toshkentda 3 mingdan ortiq tadbirkorlik ob’yektlari ishga tushirildi – «O‘zmilliybank» AJ

«O‘zmilliybank» AJ Matbuot xizmati tashabbusi bilan OAV vakillari ishtirokida Toshkent shahriga Press-tur tashkil qilindi. Press-turning asosiy maqsadi poytaxtda xizmatlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan so‘nggi loyihalar bilan jurnalistlarni tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Shu bois bank xodimlari bu boradagi so‘nggi tahlillarni jurnalistlar bilan bo‘lishdilar.

Raqamlarga murojaat etadigan bo‘lsak, davlatimiz rahbarining 2024 yil 9 yanvardagi qaroriga muvofiq Toshkent shahrida 2024 yilda xizmatlar sohasida 1 million nafar aholini bandligini ta’minlash belgilangan.

Binobarin, Toshkent shahrida 2024 yil I yarim yilda Milliy bank tijorat banklari bilan birgalikda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 16 trillion so‘mlik mablag‘lari ajratildi.

Shuningdek, 3 663 ta yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari ishga tushirildi, jumladan:

- 99 ta yangi mehmonxona va hostellar va 298 ta kafe-restoranlar;

- 86 ta tibbiyot klinikalari va 136 ta xususiy ta’lim muassasalari;

- 454 ta maishiy xizmat ko‘rsatish va 1 355 ta savdo do‘konlari;

- 1 235 ta boshqa xizmat ko‘rsatish ob’yektlari ishga tushirildi.

Joriy yil o‘tgan 6 oyida ijtimiy soliq to‘lab o‘zini o‘zi band qilgan 10 ming nafar fuqarolarga «Biznesga birinchi qadam» bank plastik kartalari orqali jami 63 mlrd.so‘m mikroqarzlar ajratildi.

Umuman olganda, o‘tgan 6 oyda Toshkent shahrida xizmatlar sohasida jami 296 ming nafar aholi bandligi ta’minlandi.

«O‘zmilliybank» AJ davlat tijorat banklari bilan birgalikda 2024 yil yakuniga qadar:

-23 trillion so‘m kredit mablag‘larini yo‘naltirish;

-xizmatlar sohasida o‘zini o‘zi band qilganl 14 ming nafar fuqarolarga «Biznesga birinchi qadam» bank plastik kartalari orqali jami 70 milliard so‘mlik mikroqarzlar ajratish;

-Milliybank tomonidan mikromoliyalash xizmatlari orqali aholini biznesga jalb qilish uchun 40 milliard so‘mlik mikrokreditlar ajratish;

-7,5 mingta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, xizmatlar hajmini 243,3 trln.so‘mga va o‘sish sur’atini 120,6 foizga yetkazish hamda aholi jon boshiga xizmatlar hajmini 64 mln. so‘mdan 94 million so‘mga oshirish prognoz qilingan.

Press-tur ishtirokchilarining so‘nggi manzili «O‘zmilliybank» AJning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi bo‘ldi. Boshqarma 1996 yil yanvarda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 1658 nafar professional mutaxassislar mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

«O‘zmilliybank» AJning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi tomonidan jami 846,6 mingta mijozlarga xizmat ko‘rsatiladi. Shundan 822,7 mingtasi jismoniy shaxslar va 23.9 mingtasi yuridik shaxslar hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning jami depozit qo‘yilmalari 6246,9 mlrd. so‘mni tashkil etadi. To‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida joylarda 14 ta bankomat, 426 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan.

«O‘zmilliybank» AJning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2023 yil davomida aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga 13 937,1 mlrd.so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratildi.

Fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joy bilan ta’minlash uchun davlat dasturlari doirasida hamda bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy xarid qilish uchun 2551 nafardan ortiq fuqarolarga 1025,5 mlrd so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari ajratilib, 2551 nafardan ortiq oilalar yangi uylarga ega bo‘lishdi.

26777 nafardan ortiq jismoniy shaxslarning maishiy ehtiyojlari uchun, jumladan, avtotransport vositasi sotib olish, uy-joylarini ta’mirlash, to‘y va boshqa oilaviy marosimlarini o‘tkazish, ta’lim olish harajatlarini qoplash uchun 1022,7 mlrd so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi.

Bugungi kunda «O‘zmilliybank» AJ «O‘zmilliybank» AJning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi boshqarmasi tarkibida 14 ta Bank xizmatlari markazi 9 ta Bank xizmatlari ofislari mavjud.

Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shaxar hududida bank xizmatlari markaziga tegishli 107 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi 6 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchasi (bankomat) xizmat ko‘rsatmoqda.

Press-tur ishtirokchilari bank faoliyati bilan bevosita tanishish jarayonida zarur ma’lumotlar bilan birga, amaliy jarayonlar bilan tanishdilar. Mijozlar va ularning ko‘rsatilayotgan xizmatlar borasidagi fikrlarini o‘rgandilar.

Xulosa qilib aytganda, bugun O‘zmilliybank nafaqat mijozlar uchun, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti ravnaqi uchun ham o‘zini mas’ul deb biladi. Asosiysi, yangi tashabbus va ilg‘or taklifli yurtdoshlarimizni har doim moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring