Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro kinofestivalida xorijiy kino kunlari bo‘lib o‘tadi

Toshkent xalqaro kinofestivalida xorijiy kino kunlari bo‘lib o‘tadi

29 sentyabrdan 2 oktyabrgacha bo‘lib o‘tadigan «Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida poytaxtning 10ga yaqin kinoteatrlarida xorijiy filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent xalqaro kinofestivali matbuot xizmati xabar qildi.

Parus Cinema, Riviera Cinema, Next Cinema, Compass Cinema, Aziya Cinema kabi kinoteatrlarda namoyishi belgilangan 50dan ortiq xorijiy filmlar o‘zbek va ingliz tillaridagi subtitrlar bilan ko‘rsatiladi.

Kirish bepul, joylar soni cheklangan!

Filmlar ro‘yxati va namoyish vaqti bilan ushbu havola orqali tanishib olishingiz mumkin. Xususan, ular orasida «Sargardon zamin 2» (Xitoy), «Ingliz tili darsi» (Janubiy Koreya), «Mening jinim» (Qozog‘iston), «Fir’avn, yirtqich va malika» (Fransiya), «Sadoqatli Hasan» (Turkiya), «G‘oliblar» (Buyuk Britaniya), «Skarlett» (Italiya), «Opa-singillar» (Latviya) kabi mashhur kinokartinalar namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, kinofestival doirasida Yevropa ittifoqi davlatlari film festivali, shu bilan birga, Turkiy davlatlar va MDH davlatlari kinoforumi ham bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, kinofestival dasturidan «O‘zbek dublyaji 85 yoshda», «Kino 5 kunda» tanlovi, o‘zbek kinosining 115 yilligiga bag‘ishlangan milliy tadbirlar, Italiya filmlarida kiyilgan kastyumlar ko‘rgazmasi, kinoteatrlarda xorij kino kunlari, seminar-treninglar, mahorat darslari, taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, retrospektiv kinonamoyishlar o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring