Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati SSB boshlig‘i o‘zgardi

Toshkent viloyati SSB boshlig‘i o‘zgardi

Abdug‘aniyev Ulug‘bek Abdufattaxovich Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U. Abdug‘aniyev  1984 yil Bekobod tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi, 2010 yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi klinik ordinaturasini  tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati Sog‘liqni saqlash va sport sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish shu’basining Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lum qilinishicha, boshqarmaning avvalgi rahbari To‘raqul Arziqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egalab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring