Toshkent va Navoiyda bemorlar sog‘aydi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, Navoiy viloyatida 33 nafar, jami 42 nafar bemor sog‘aydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 2017 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, sog‘aygan bemorlarning 5 nafari poytaxtlik, 2 nafari Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan, 1 nafari Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan, yana bir nafari esa Samarqand viloyati Qo‘shrobod tumanidan.
Navoiy viloyatidan tuzalganlarning 25 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 50 yoshda, yoshi kichigi 2013 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 31 nafari viloyatning o‘zidan, 2 nafari esa Namangan viloyatidan.
Endilikda Toshkent shahridan koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1939 nafarga yetdi. Navoiy viloyatida esa ushbu ko‘rsatkich 214 nafarga yetdi.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3985 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter