Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Inha universitetida magistratura bo‘limi ochildi

Toshkent shahridagi Inha universitetida magistratura bo‘limi ochildi

TIU mamnumiyat bilan biznes va boshqaruvning fundamental yo‘nalishlariga qo‘shimcha bo‘lmish sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va bulutli hisoblash mavzularini qamrab olgan «Raqamli transformatsiyadagi MBA» nomli magistrlik dasturining ochilishi haqida e’lon qiladi. Dasturning nomini «ABC MBA» deb atashga qaror qildik.

Dasturning maqsadi 4-chi sanoat inqilobining yangi davriga qadam qo‘ygan talabalarga menejerlik tafakkuri va konvergent muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda texnik, nazariy va amaliy bilimlarni birlashtirib, tashkilotlarda raqamli biznes transformatsiyasini loyihalashtirish, amalga oshirish va boshqarish imkoniyatini berishdir. Dastur moliyaviy xizmatlar, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, mehmondo‘stlik, ta’lim va hukumat kabi turli sohalarda biznesning raqamli transformatsiyasiga yordam beradi.

Ushbu kunduzgi ta’lim shaklidagi dastur kelajakdagi innovatsion yosh avlodni raqamli transformatsiya va ilg‘or texnologiyalari bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan biznes muammolarni hal qilishga va raqamli texnologiyalar va strategiyalarni biznesga samarali ravishda birlashtira oladigan professional menejerlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.

Noyob ta’lim va o‘zaro aloqalar tajribasi ikki semestr davomida Toshkentda va ikki semestr davomida Koreyada taqdim etiladi. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, Koreyadagi INHA universiteti tomonidan diplom beriladi.

2021/2022-o‘quv yilining birinchi kogortasiga ariza topshirish imkoniyati mart oyida dastur haqida batafsil ma’lumot bilan mavjud buladi.

Batafsil: inha.uz saytidagi yangilangan ma’lumotlarga murojaat qiling.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring