Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrida ijara narxlari 51,6 foizga qimmatladi

Toshkent shahrida ijara narxlari 51,6 foizga qimmatladi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning oktyabr oyida uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari sentyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 16,1 foizga oshgan.

Bunda eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida 51,6 foiz qayd etilgan bo‘lsa, eng past o‘sish 1 foiz bilan Xorazm viloyatida kuzatilgan.

Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 20,9 foizga oshgani kuzatilgan.

Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 24,2 foizga oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring