Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB daraxtga urilgan avtobus haqida ma’lumot berdi

Toshkent shahar IIBB daraxtga urilgan avtobus haqida ma’lumot berdi

Bugun Toshkentda yo‘lovchi avtobusining daraxtga borib urilgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar IIBB ushbu hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

«Bugun 26-iyul kuni 14:35 da Toshkent IIBB navbatchilik qismiga Beltepa-Aeroport yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan 11-avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergani to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Bobur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan «Mercedes-Benz» rusumli avtobus 1- sonli «Baxt uyi» (sobiq 1-FHDYo) qarshisida daraxtga borib urilgan, natijada singan daraxt shu yerga qo‘yib ketilgan «Cobalt» avtomobili ustiga qulagan. Yengil mashina ichida bu vaqtda hech kim bo‘lmagan.

Avtobus haydovchisi, 25 yoshli Anvarning so‘zlariga ko‘ra, YTH vaqtida salonda 25−30 kishi bo‘lgan. Qurbonlar yo‘q.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan. YTH sabablari o‘rganilmoqda», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring