Toshkent shahri hududiga o‘tgan qabristonlar ro‘yxati tasdiqlandi (foto)
Oliy Majlis Senatining 2021 yil avgust oyidagi qaroriga asosan, Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralari o‘zgartirilgandi.
Shu munosabat bilan — Toshkent viloyati hududidagi ayrim qabristonlar, Toshkent shahar hududiga o‘tganligi haqida poytaxt hokimining tegishli qarori chiqarildi.
Unga ko‘ra shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tashkiliy tuzilmasidagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tasarrufiga olinayotgan qabristonlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter