Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish e’lon qildi

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi. Unga ko‘ra, poytaxtdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida harakatlanish cheklanadi. 

«Shahrimizning Shayxontohur tumanida joylashgan Abdulla Qodiriy ko‘chasi Labzak ko‘chasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

24-noyabr 09:00 dan boshlab, ishlar jarayonida yo‘lning bir tarafi yopilib, har ikki yo‘nalishga harakat yo‘lning ikkinchi tarafidan o‘tadi.

Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni iltimos qilamiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring