Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimi devoniga rahbar tayinlandi

Toshkent shahar hokimi devoniga rahbar tayinlandi

Yo‘ldosh Ismoilov Toshkent shahar hokimi devoni rahbari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lum qilinishicha, Yo‘ldosh Ismoilov 1985 yili tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008 yili Toshkent davlat agrar universitetini (bakalavriat), 2011 yili Toshkent Avtomobil yo‘llari institutini (magistratura) tamomlagan.

2008 yildan bugungacha qator mas’ul lavozimlarda, shu jumladan, lizing kompaniyasida bosh mutaxassis, «O‘zagrotexmash» AJ boshqarma boshlig‘i, «Texnolog-stan» MChJ direktori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati mudiri o‘rinbosari — Hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish masalalari sho‘basi mudiri sifatida ishlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring