«Toshkent-Minsk» samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi
Kuchli qor va qor bo‘roni vaqtida «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining «Toshkent-Minsk» reysini amalga oshirayotgan Airbus A-320 samolyoti harakatlanish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi.
Hodisa soat 11:45 atrofida yuz bergan.
Ta’kidlanishicha, samolyot bortida 115 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Hodisa oqibatida samolyotga zarar yetmadi.
Favqulodda yordam xizmatlari qoidalarga muvofiq ishlamoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter