Toshkent ko‘chalaridan singan daraxt va shoxlarni olib chiqishga yana ikki kun kerak — Hokimlik

Toshkent shahri hududida joriy yilning 8 aprelidan 9 aprelga o‘tar kechasi kuchli qor yog‘ishi ko‘plab daraxtlarning sinishiga, elektr tarmoqlarida uzilishlar va gaz quvurlarining shikastlanishiga sabab bo‘lgan edi.
11 aprel kuni ham ta’mirlash ishlari davom ettirilib, quyidagi ishlar amalga oshirildi:
— 6 ta xududdagi gaz tarmoqlari joriy ta’mirlandi;
— 26 ta gaz taqsimlash punktlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
— 251 ta manzillardagi ko‘cha chiroqlari uzilgan simlari tiklandi;
— 95 ta manzillardagi ko‘cha chiroqlari simlaridagi qisqa tutashuvlar bartaraf qilindi;
—15 ta ko‘cha yoritish ustunlari almashtirildi;
— 42 ta transformator punktlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
— 1,4 km havo elektr tarmoqlari ta’mirlandi;
— 8 ta elektr kabel tarmoqlaridagi qisqa tutashuvlar bartaraf etildi;
— 50 km issiqlik tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
— 400 dan ortiq mashina va tirkamalarda shox-shabbalar olib chiqib ketildi.
Bugun Uchtepa tumanining 30, 31-mavzelarida va Chilonzor tumanining Guliston mavzesida elektr tarmog‘i kabellarida avariya holati yuzaga kelishi natijasida 35 ta ko‘p qavatli uylarda kuzatilgan vaqtincha elektr ta’minotidagi uzilishlar tez fursatlarda bartaraf etildi.
Hozirda Toshkent shahrida elektr, gaz, issiqlik va toza ichimlik ta’minotlarida uzilishlar yo‘q.
Shuningdek, joriy yilning 12-14 aprel kunlari kuchli yog‘ingarchilik natijasida sodir bo‘ladigan ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida, 22 631 p.m. irrigatsiya tarmoqlari va 52 km yopiq kollektorlar tozalandi hamda 141 ta suv tortish nasoslari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
«Kommunal xizmatlarning og‘ir sharoit yuzaga kelishiga shay turilishiga hamda puxta ko‘rilgan tayyorgarlik ishlariga qaramay hozirgi kunga kelib, shoh ko‘chalar, ko‘chalar va mavzelar ichidagi singan daraxtlar va shoxlarning olib chiqib ketilishiga yana kamida ikki kun lozim ekanligi tasdig‘ini topmoqda.
12-13 aprel kunlari ham ishchi xizmatchilar tomonidan markaziy va shoh ko‘chalarni, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, kuzatilgan talofat oqibatlarini bartaraf etish hamda joriy yilning 12-14 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilikka tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom ettiriladi», — deyiladi Toshkent shahar hokimligi tomonidan berilgan axborotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter