IQAir dunyoda havosi eng ifloslangan va toza bo‘lgan shaharlar ro‘xatini e’lon
qildi. Eng ifloslangan havoga ega shaharlar Pokiston, Hindiston, Kuvayt va Mo‘g‘ulistonda joylashgani qayd etilgan. Shuningdek, Ukraina poytaxti Kiyev ham kuchli beshlikka kirdi.
Tadqiqot natijalari 2020-yil 30-oktyabr kuni e’lon qilingan.
Pokistonning Lahor, Hindistonning Dehli va Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahri hozirgi kunda dunyoda havosi eng ifloslangan shaharlar hisoblanadi.
O‘zbekiston poytaxti Toshkent esa ro‘yxatda to‘qqizinchi pog‘onada.
Bundan tashqari, quyidagi shaharlar yuqori pog‘onalarni egalladi:
- Bishkek (Qirg‘iziston)
- Pekin, (Xitoy)
- Uxan (Xitoy)
- Belgrad (Serbiya)
- Katmandu (Nepal)
Havosi eng toza shahar sifatida esa Yaponiyaning Kobe shahri topildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter