Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi

23 kg.dan ziyod kuchli ta’sir qiluvchi moddalar olib qo‘yildi.

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga karshi kurashish boshkarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi Tezkor kidiruv departamenti xodimlaridan iborat maxsus tezkor gurux tomonidan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni respublikamizga olib kirish va tarqatish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxsning Toshkent shahar Yunusobod tumanida ijaraga olingan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tayyorlashga mo‘ljallangan yashirin narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlandi.

Mazkur xonadonda hamda poytaxtning Uchtepa tumani va Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadonlarda pregabalin, tropikamid, trilon kabi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, ularni tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar, qayta ishlash va taqsimlashga mo‘ljallangan tarozi, kolba, mikser kabi laboratoriya jihozlari, dorilarni solishga mo‘ljallangan plastik bo‘sh idishlar borligi aniqlandi. 

O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar natijasida yashirin «narkolaboratoriya»dan jami og‘irligi 19 kg 225 gr «pregabalin», 2 kg 960 gr «tropikamid», 1,2 kg «trilon»  kuchli ta’sir qiluvchi moddalari, 20 litr xlorid kislotasi, 19 nomdagi 1746 dona laboratoriya uskuna va jihozlari ashyoviy dalil sifatida olib ko‘yildi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring