Yuridik universitetga yangi prorektor tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Rustambekov Islambek Rustambekovich Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
I. Rustambekov 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura yo‘nalishini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos, yuridik fanlari doktori.
U mehnat faoliyatini 2010-yilda Toshkent davlat yuridik instituti aspiranti lavozimidan boshlab, 2010-2013-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti «Xalqaro xususiy huquq» kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 2013-2017-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining «Xalqaro tijorat huquqi» kafedrasi mudiri, 2017-2017-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi mudiri, 2017-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi kafedrasi mudiri, 2018-yil (aprel-iyun)da O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan.
I.Rustambekov shu kunga qadar vazirlikning Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter