Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toronto shahridagi otishmada 9 kishi jarohatlandi

Toronto shahridagi otishmada 9 kishi jarohatlandi

Foto: «RIA Novosti»

Kanadaning Toronto shahrida sodir bo‘lgan otishmada kamida 9 kishi tan jarohati oldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

«Kecha mahalliy vaqt bilan 22:00 da (Toshkent vaqti bilan bugun soat 03:00da) Toronto shahrida otishma sodir bo‘ldi. To‘qqiz kishi yaralandi. G‘araz niyatli kishi yo‘q qilindi», – deb yozilgan Toronto politsiyasining tvitter sahifasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida bir qizaloq ham bor.

Jarohatlanganlarning ahvoli qandayligi noma’lum.

Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring