Kanada AQShning qator mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy etdi

Kanada 4-fevraldan AQShdan olib kirilayotgan qator mahsulotlarga 25 foizlik boj joriy etadi. Bu haqda mamlakat hukumati rasmiy saytida xabar berildi.
Oshirilgan boj qo‘llaniluvchi mahsulotlar ro‘yxatiga go‘sht, sut mahsulotlari, meva-sabzavotlar, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, kosmetika, avtomobillar shinalari, mototsikllar, pichoqlar, muzlatgichlar va boshqalar kiritilgan. Shuningdek, o‘q otuvchi qurollar, bombalar, torpedo va minalar uchun ham boj qo‘llaniladi.
2-fevral kuni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo amerikaliklarga murojaatida javob choralari tariqasida AQShning jami qiymati $155 milliardlik mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy etilishidan ogohlantirgandi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada, Meksika va Xitoydan import qilinadigan tovarlarga bojlar joriy etish haqidagi farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra, Xitoydan amalga oshiriladigan barcha import mahsulotlari uchun 10 foiz, Meksika va Kanada importiga 25 foizlik tariflar joriy qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter