To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim tayinlandi
Qosimov Sherali Abduqahorovich To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim bo‘ldi.
Sherali Qosimov 1986 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan. 2010 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida viloyat moliya boshqarmasida turli vazifalarda ishlagan.
Namangan tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri, Namangan tumani hokimi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Yangi tayinlovga qadar esa Pop tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter