«To‘ntarishdagi to‘ntarish, polkovnik o‘rniga polkovnik»: Goita Malining muvaqqat prezidenti deb e’lon qilindi
Mali Konstitutsion sudi polkovnik Assimi Goitani mamlakatning muvaqqat prezidenti deya e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Polkovnik mamlakatda o‘tish jarayoni tugagunicha davlat rahbari vakolatlarini bajarib turadi.
2020-yilning 18-avgustida Malida harbiy to‘ntarish yuz bergandi. Oradan uch kun o‘tib sobiq mudofaa vaziri, iste’fodagi polkovnik Ba Ndao muvaqqat prezidentlikka saylangandi. Davlat to‘ntarishi yetakchisi Assimi Goita o‘shanda vitse-prezident lavozimini egallagandi.
O‘tgan dushanba, 24-may kuni muvaqqat prezident Ba Ndao hamda vaqtincha bosh vazir Moktar Uan harbiylar tomonidan qo‘lga olindi. Vitse-prezident Assimi Goitaning bayonotiga ko‘ra, ular Konstitutsiya o‘rniga vaqtincha qabul qilingan avgust oyidagi xartiyani buzishgani uchun vakolatlaridan mahrum qilingan. Oradan ikki kun o‘tib Ba Ndao va Moktar Uan iste’foga chiqarilgani, davlat rahbarining vakolatlari Assimi Goitaga o‘tgani haqida xabar chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter