O‘zbekiston olimpiya jamoasi Toshkentda mag‘lubiyatga uchradi
O‘zbekiston olimpiya jamoasi Mali bilan ikkinchi bahsda 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Toshkentda 23 yoshlilar o‘rtasida O‘zbekiston va Mali terma jamoalari o‘rtasida ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Dastlab 48-daqiqada Diarra Tiaomoke hisobni ochdi. 58-daqiqada Norchayev hisobni tenglashtirdi.
Biroq 89-daqiqada maliliklar penaltidan gol urib g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirib oldilar.
Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yinda durang natija qayd etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter