Tomda sayr qilgan o‘quvchilarga nisbatan chora ko‘riladigan bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pqavatli uyning tom qismida maktab o‘quvchilari yurganligi haqida xabar tarqaldi.
Toshkent shahar Chilonzor tuman hokimligi bergan rasmiy munosabatga ko‘ra, tumandagi «2-Charx Kamolon» mahallasidagi ko‘pqavatli uylardan birining tom qismiga chiqqan 2 nafar maktab o‘quvchisining shaxsi aniqlangan.
Rasmiy munosabatda aytilishicha, 128-maktabning 9 «A»-sinf o‘quvchilari S.M va M.I lar atrofni tomosha qilish maqsadida ko‘pqavatli uyning tom qismiga chiqishgan.
Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan tarbiyaviy tadbirda o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari, shuningdek mas’ullar ishtirok etishdi. Unda o‘quvchilar yuqoridagi holatdan afsusda ekanliklarini bildirib, kechirim so‘rashdi.
Ularning ota-onalar ham bolalarni bundan keyin qattiq nazorat ostiga olishlarini bildirgan.
Maktab ma’muriyati va tuman Bolalarni himoya qilish sho‘’basi mutasaddilariga o‘quvchilarga nisbatan qonun doirasida tegishli chora ko‘rish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter