Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistondan ko‘chib kelganlarning farzandlariga tug‘ilganlik guvohnomasi berildi

Tojikistondan ko‘chib kelganlarning farzandlariga tug‘ilganlik guvohnomasi berildi

Foto: «Xabar.uz»

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan «bironta ham bolaning tug‘ilishi qayd etilmasdan qolishi mumkin emas» nomli ezgu tamoyil ostida Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan navbatdagi tadbir Qumqo‘rg‘on tumanida tashkil etildi.

Qumqo‘rg‘on tumani sharqda qo‘shni respublika Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lganligi sababli ushbu tumanda Tojikistondan ko‘chib kelgan odamlar talaygina. Ularning shaxslarini tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lmaganligi uchun farzandlariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirilmagan.

Tashkil etilgan tadbirda shu kabi oilalarning 24 nafar farzandlariga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar tuman hokimligi ishtirokida tantanali topshirildi.

Shu bugunga qadar Davlat xizmatlari agentligi Surxonaryo viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi 3785-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash yo‘lida 2000 dan ortiq bolalarga muddati o‘tgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar topshirildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar yana davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring