Qumqo‘rg‘on hokimi ishdan olindi
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Viloyat hokimi To‘ra Bobolov, mahalliy kengashlar deputatlari, viloyat, tuman hokimligi va davlat, jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etgan sessiyada tumanni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari pastligicha qolayotgani, aholi turmush sharoitini oshirishga yetarli etibor berilmayotgani tanqid qilindi.
Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Gapparov Rahmatullo Boboxonovich vazifasidan ozod etildi.
Tuman hokimi lavozimiga Normamatov Anvar Mamatovich tasdiqlandi.
Anvar Normamatov 1981-yil 10-martda Angor tumanida tug‘ilgan. 2003-yil O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.
A.Normamatov 2003-2021-yillarda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Anvar Normamatov 2021-yildan buyon Termiz shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvafiqlashtirish boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter