Tojikistonda ketma-ket «yaxshigina» zilzila kuzatildi

Tojikistonda ketma-ket (15 daqiqalik farq bilan) zilzilalar kuzatildi.
Jumladan, FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 02.10.2023- yil, Toshkent vaqti bilan 19:03 da (02.10.2023-yil, Grinvich bo‘yicha 14:03 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 38,65 gradus shimoliy kenglik; 72,14 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,7. Chuqurlik 15 km. Zilzila yepitsentri Toshkentdan 383 km janubiy-sharqda.
Toshkent vaqti bilan 19:18 da (02.10.2023-yil, Grinvich bo‘yicha 14:18 da) yana bir zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 39,02 gradus shimoliy kenglik; 71,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km. Zilzila yepitsentri Toshkentdan 330 km janubiy-sharqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter