Tojikiston ham Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini qaytardi
Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy qildi.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligi «o‘zaro munosabatlar tamoyili»ni ilgari surish maqsadida Turkiyaning umumiy fuqarolik xorijiy pasportlari egalariga 2024-yil 20-apreldan boshlab viza rejimi joriy qilinganini bildirgan.
«Turkiya fuqarolari Tojikiston Respublikasi vizasini xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda olishlari mumkin», — deya mamlakat TIVdan iqtibos keltirmoqda «Asia-Plus» nashri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oddiy xorijiy pasportga ega bo‘lgan Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini joriy etish qarori Turkiya tomonidan qabul qilingan edi.
20-apreldan Tojikiston fuqarolari uchun ham Turkiyaga viza rejimi joriy etiladi. Ilgari Tojikiston fuqarolari Turkiyaga vizasiz kirib, u yerda 90 kungacha qolishlari mumkin edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter