Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston FVQ: zilzilada Sarez ko‘li to‘g‘oniga zarar yetmadi (video)

Tojikiston FVQ: zilzilada Sarez ko‘li to‘g‘oniga zarar yetmadi (video)

Kecha, 23-fevral kuni Tojikiston Respublikasi hududida bir nechta zilzilalar sodir bo‘lgani va ularning o‘chog‘i mamlakat shimolidagi tog‘ cho‘qqisida joylashgan Sarez ko‘li atrofida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. 

Mamlakat Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi bergan xabarga ko‘ra, birinchi va kechagi kun hisobiga eng kuchlisi bo‘lgan yer silkinishi (6,8 ball, soat 05:37) Sarez ko‘lidan 30 kilometr sharqda sodir bo‘lgan. Qolgan o‘nga yaqin zilzilalar epitsentri ham tog‘li hududlarda, Murg‘ob viloyati markazi va Sarez ko‘li oralig‘idagi cho‘lda – odam yashamaydigan hududlarda joylashgan.

Tojikiston FVQga ko‘ra, Sarez ko‘li monitoringi va erta ogohlantirish tizimi normal ishlamoqda.

«Tebranishlar va buning natijasida kelib chiqadigan o‘zgarishlar ro‘yxatga olinmadi. Sarez ko‘liga suv kelishi va uning sarfi o‘zgarishsiz holatda. Ya’ni bugungi kunda suv kelishi sekundiga 39 kub metrni, chiqib ketadigan oqim esa sekundiga 45 kub metrni tashkil qilmoqda», – deyiladi axborotda.

Tojikiston tomoni, shuningdek, 2015-yilda Sarez ko‘li hududida 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani, natijada tosh qulashi qayd etilgani, ammo Usoy to‘g‘onida o‘zgarishlar kuzatilmaganini ma’lumot uchun qayd etib o‘tmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring