Tezkor xabar: Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadi
Poytaxtimizda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarga, shuningdek yangi ochilgan «Magic city» ko‘ngilochar maskaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarimiz soni ko‘pligi sababli transport vositalarining tirbandligi yuzaga keldi. Shu munosabat bilan quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadi:
- Seul ko‘chasi – Furqat ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha;
- Furqat ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasidan Sharshara ko‘chasigacha;
- Bobur ko‘chasi – Sharshara ko‘chasidan O‘rikzor ko‘chasigacha.
Ushbu yo‘l qismlarida tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Fuqarolar va poytaxtimiz mehmonlaridan «Magic city» va boshqa ko‘ngilochar maskanlarga tashrif buyurganingizda transport vositalaringizni boshqa transport vositalarining harakatlanishiga halaqit bermaydigan masofda qoldirish hamda ko‘ngilochar maskanga piyoda tashrif buyurish so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter