Tesla 4 mingtaga yaqin Cybertruck pikaplarini chaqirib oladi
Tesla kompaniyasi ishlab chiqarishdagi nuqson tufayli 3 878 ta Cybertruck elektromobilini chaqirib olishini e’lon qildi.
AQSh Milliy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, 3 878 tagacha avtomobil qaytarilishi kerak. Gap 2023-yil 13-noyabrdan 2024-yil 4-aprelgacha ishlab chiqarilgan barcha pikaplar haqida bormoqda.
Elektromobillarning qayta chaqirib olinishiga gaz pedalidagi muammo sabab bo‘lgan.
Tesla kompaniyasi nosozlik texnik uskunalarda sovunni moylash vositasi sifatida ishlatish natijasida yuzaga kelgan. Sovun qoldig‘i tufayli ularning mahkamlanishida muammolar kuzatilgan.
Nosozlik haqida xabarlar mart oyi oxirida kela boshlagan. Elektromobillarni chaqirib olish vaqtida nosozlik sabab bo‘lgan baxtsiz hodisalar haqida xabarlar kelib tushmagan. Ishlab chiqaruvchi chaqirib olingan avtomobillardagi pedallarni bepul almashtiradi, shuningdek, 17-apreldan keyin ishlab chiqarilgan agregatlardagi nuqsonlarni tuzatadi.
Ma’lumot uchun, Tesla Cybertruck prototipini 2019 yilning kuzida taqdim etgan va sotuvga o‘tgan yilning 30 noyabridan chiqqan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter